19 iyu 09:55
Yangiliklar
Tennis, Futbol
Afsonaviy Maldini endi professional tennischi
Italiya terma jamoasi hamda “Milan” klubining afsonaviy himoyachisi Paolo Maldini professional sportdagi faoliyatini qayta boshlamoqchi.
Aniqrog'i, Maldini professional tennisda o'zini sinab ko'rishni maqsad qilgan. Italiya A Seriyasida o'yinlar o'tkazish bo'yicha rekordchi Milan shahrida o'tkaziladigan ATP turnirida ishtirok etadi.
Tashkilotchilar Paologa asosiy to'rda to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli, yani vayld-kard yo'llanmasini taqdim etishdi. Maldini juftliklar bahsida murabbiyi Stefano Landonio bilan birga kortga chiqadi.
Takidlash joiz, Milandagi musobaqa 26 iyun kuni boshlanadi. Aynan shu kuni Paolo Maldini 49 yoshga to'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar