23 avg 08:05
Yangiliklar
Futbol

Afsonaviy Pelening ko'p yillik orzusi ro'yobga chiqdi
Afsonaviy futbol qiroli Pelening ko'p yillik orzusi ro'yobga chiqdi.
Pele Braziliya terma jamoasining Rio Olimpiadasining futbol musobaqasida g'alaba qozonganligini katta xursandchilik bilan kutib oldi. Braziliya futboli tarixida ilk bor Olimpiada oltin medali qo'lga kiritildi.
Braziliyaliklar Neymar sardorligida hal qiluvchi final uchrashuvida Germaniya terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratishdi.
“Men bir umr Braziliya terma jamoasining Olimpiada chempioni bo'lishi orzu qilib keldim. Futbolchi sifatida bu orzusini amalga oshirish menga nasib qilmadi. Lekin bugungi avlod futbolchilari nafaqat mening, balki barcha braziliyaliklarning orzularini ro'yobga chiqardi”, – dedi Pele.
Havola :
Fikrlar