07 okt 15:50
Yangiliklar
2036 yilgi Olimpiada uchun ehtimoliy mezbonlar ro'yxati malum. Ular orasida Hindiston, Qatar va Turkiya bor!
Yakuniy mezbon 2029 yil o'rtalarida ovoz berish orqali aniqlanadi.
Hozirda Germaniya, Vengriya, Hindiston, Qatar, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va Turkiya XOQ bilan doimiy muloqot bosqichida bo'lib, 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish istagini bildirgan.
Yangi nomzodlar ushbu jarayonga 31 oktyabrgacha qo'shilishi mumkin. Amaldagi loyihalar noyabr oyida Olimpiya o'yinlarining bo'lajak mezbonlari bo'yicha komissiyaga virtual tarzda taqdim etiladi. SHundan so'ng 2036 yilgi o'yinlar uchun yangi davogarlar qabul qilinmaydi.
XOQ nomzodlarning dastlabki texnik baholashini 2027 yil martigacha yakunlashni rejalashtirmoqda. SHundan so'ng Ijroiya qo'mitasi qisqartirilgan ro'yxat bilan strategik muloqot bosqichini boshlaydi. Keyingi saralash 2028 yil dekabrida o'tkaziladi. Unda cheklangan sondagi “afzal mezbonlar” tanlanadi va ular bilan maqsadli muloqot boshlanadi. Yakuniy qaror esa 2029 yil o'rtalarida XOQ sessiyasida tashkilotning 100 dan ortiq azosi ovoz berishi orqali qabul qilinadi.
Fikrlar