27 okt 09:50
Yangiliklar
Tennis

Afsonaviy Xingis faoliyatini yakunlashini malum qildi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning yakkalik bahslarida besh, juftlikda 13, mikst, yani aralash juftlikda 7 karra g'olibi Martina Xingis faoliyatini yakunlashini malum qildi.
SHveycariyalik 37 yoshli tennis malikasi shu kunlarda Singapurda o'tayotgan yilning Yakuniy WTA turniridan so'ng raketkalarini g'ilofiga soladi. Aynan mana shu turnir Xingisning faoliyatidagi so'nggi musobaqa bo'lib qoladi.
Malumot uchun, dunyoning sobiq birinchi raketkasi 2013
yilda Xalqaro tennis shon-shuhrati muzeyiga kiritilgandi. Martina faoliyati mobaynida
114 ta turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar