22 apr 09:40
Yangiliklar
Ahmedov to'liq o'ynadi, jamoasida yirik g'alaba, Krimec esa maydonga tushmadi
Xitoy chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qilayotgan "SHanxay SIPG" jamoasi o'z maydonida "Xebei Jongchjin" jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. Ahmedov ushbu bahsda to'liq harakat qildi.
"SHanxay SIPG" - "Xebei Jongchjin" 3:0
Gollar: Venjun Lue 19, Vu Ley 25, Oskar 66
Boshqa bir futbolchimiz Egor Krimecning jamoasi "Beyjing Goan" o'z maydonida durang qayd etdi. Ammo, ushbu o'yinda futbolchimiz maydonga tushgani yo'q.
"Beyjing Goan" - "Tyanczin SHanxay" 1:1
Gollar: Li Lei 82 - Sun Ke 42

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar