04 jan 08:25
Yangiliklar
Futbol

Ahmedovning "SHanxay SIPG" klubi Qatarda yig'in o'tkazadi
Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Qatarda olib boradi.
Xitoy Superligasida yangi mavsum mart oyi boshida start oladi. Andre Villash-Boash boshchiligidagi klub chempionatga tayyorgarlikning bir qismini Qatar mamlakatida o'tkazadi.
Yaqinda "SHanxay SIPG" klubi safiga qo'shilgan braziliyalik Oskar instagramdagi o'z sahifasida jamoa bilan Qatarga uchayotganini malum qilib ushbu rasmni joyladi.
Eslatib o'tamiz, bu klubga o'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov ham ko'chib o'tdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar