11 avg 07:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/17271_220.jpg)
Ahmedovning "SHanxay SIPG"i so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepayotgan "SHanxay SIPG" klubi Xitoy chempionatining 21-turida "Xebei Jongchjin" mehmoni bo'ldi.
Hamyurtimiz ushbu uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Guan Xe tomonidan kiritilgan gol "SHanxay"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
"SHanxay SIPG"ning ochko yo'qotishidan peshqadam "Guanchjou Evergrand" klubi foydalanib qoldi. Endi peshqadam va "SHanxay" o'rtasidagi ochkolar farqi 5 taga etdi.
"Xebei Jongchjin" - "SHanxay SIPG" 2:2
Gollar: Lavessi 71, Gao 74 - Elkeson 7, Guan Xe 90.
"Xebei Jongchjin": Yang CHeng, Jao Miengjian, Kim Ju Yung, Junyi Gao, Senven Luo, Yuao Jao, Jan CHendun, Xongbo Yin, Esekel Lavessi, Aloizio Dos Santos.
"SHanxay SIPG": Junling Yan, Xuan Fu, Jen Vei, Guan Xe, SHenchao Vang, Yi Jang, Odil Ahmedov, YU Xay, Xalk, Elkeson, Vu Ley.
Havola :
Fikrlar