20 avg 18:59
Yangiliklar
Ahmedovsiz o'ynagan "SHanxay SIPG" bir kishi kam qolgan "Lunen"ga yutqazdi va Kubok finaliga chiqa olmadi
Xitoy Kubogining yarim finalidan o'rin olgan ushbu bahs kutilmagan natija bilan yakunlandi. SHanxayliklar bir bo'lim to'liq bir kishi ko'p harakat qilgan bo'lishlariga qaramay, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov bugungi uchrashuvda zaxirada qoldirildi. Safarda g'alaba qozongan "SHandun Lunen" Xitoy Kubogining hal qiluvchi final uchrashuviga yo'l oldi.
"SHanxay SIPG" - "SHandun Lunen" 0:2
Gol: Fellayni 40, Jang 70.
"SHanxay SIPG": Yan, Vang, SHi, Kay, Arnautovich, Oskar, Xalk, Lyu, YU, Ne, CHen.
Zaxira: CHen, Jang, Vey, Li, Xu, Yang, Ahmedov.
"SHandun Lunen": Vang, Lyu, Jeng, Vang, Pelle, Lyu, Jang, Lyu, Xao, Fellayni, Moises.
Zaxira: Xan, Vu, Jou, Gedesh, Ki, Duan, Song.
Fikrlar