So’nggi yangiliklar

17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0

05 sen 08:54
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ajoyib start! Figurali uchuvchilarimiz Geynish va CHigirev AQSHdagi musobaqada bronza medallariga ega chiqishdi

Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirev yangi mavsumdagi ilk xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

Ular AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etilgan "CHellenjer" turkumidagi "John Nicks Pairs Challenge International" juftlik musobaqasida chiqish qildi.

Dastlab, kecha tongda qisqa dastur o'tkazildi. Unda Geynish va CHigirev 64.62 ball bilan ikkinchi o'rinni egallashdi. Tunda o'tkazilgan erkin dasturda esa sportchilarimiz 112.34 ball jamrag'ib, beshinchi natijani qayd etishdi.

Ahamiyatlisi, umumiy jadvalda Ekaterina va Dmitriyning ochkolari soni 176.96 ni tashkil etib, hamyurtlarimiz musobaqada uchinchi o'rinni egallashdi. Musobaqa g'olibligi amerikaliklar Elli Kem va Denni O'SHiga (191.62) nasib etdi. Ikkinchi o'rinni esa asli rossiyalik bo'lib, AQSH sharafini himoya qilayotgan juftlik — Alisa Efimova hamda Misha Mitrofanov egalladi (188.88). 

"John Nicks Pairs Challenge International" musobaqasida 9 ta davlatning jami 15 juftligi ishtirok etdi. Bu juftlik dasturida ishtirok etadigan figurali uchuvchilarning joriy mavsum hisobidan ilk turniri bo'ldi.

Endilikda Geynish va CHigirev 19-21 sentyabr kunlari Germaniyaning Oberstdorf shahrida o'tkaziladigan "Nebelhorn Trophy" musobaqasida g'oliblik uchun kurash olib boradi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing