28 fev 17:24
Yangiliklar
Tennis

Akapulko. Viktoriya Azarenko raqibasiga uchta geym berdi
Dunyoning 50-raketkasi Viktoriya Azarenko Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Belaruslik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Tatyana Mariyadan ustun keldi. Mariya WTA reytingida 69-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Azarenko raqibasini 6/2, 6/1 hisobida taslim etdi.
Tennischilar o'zaro ilk bor to'qnash kelishdi. Endi Viktoriya Abierto Mexicano TELCEL turnirining chorak finalida amerikalik Sofiya Keninga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar