28 dek 13:52
Yangiliklar
![](/upload/storage/25620_220.jpg)
Akmal SHorahmedov - "Paxtakor" futbolchisi
Oxirgi mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan o'ng qanot himoyachisi bilan "Paxtakor" futbol klubi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.
"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan SHorahmedov o'tgan mavsumda 28 uchrashuvda 1 gol urishga erishdi.
Faoliyatining asosiy qismini Akmal 2011-16 yillarda "Bunyodkor" tarkibida o'tkazgan.
Oliy
ligada jami 286 bellashuvda maydonga tushgan SHorahmedov va 11 bor
raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. "Bunyodkor" safida ikki marta
O'zbekiston chempionligiga ega chiqqan.
SHorahmedov jamoamizning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishiga umid qilib qolamiz.
Akmal SHorahmedov haqida malumot
Tug'ilgan sanasi: 10.05.1986
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Yutuqlari:
2 marta O'zbekiston chempioni - 2011, 2013
2 bor O'zbekiston Kubogi sohibi - 2012, 2013
O'zbekiston Superkubogi sohibi - 2014
OCHL yarim finalchisi - 2012
Fikrlar