30 okt 07:01
Yangiliklar
Futbol

“Al Sadd” Xavi bo'yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi
Avvalroq, Xavi murabbiylik faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq, “Al Sadd” 41 yoshli mutaxassis jamoadan ketmasligini malum qildi.
“Jamoa rahbariyati Xavining klub bilan ikki yillik shartnomasi borligi va u bor etiborini jamoaning ligadagi etakchiligini saqlab qolish hamda bo'lajak o'yinlarga qaratayotganini haqida malum qiladi”, deb yoziladi doxaliklar matbuot xizmati bayonotida.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchi 2019 yildan beri Qatar klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. U hozirgacha “Al Sadd” bilan 7 ta titulni qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar