25 jan 10:15
Yangiliklar
Tennis

Albina Almatida beshinchi raketkani mag'lub etdi
Qozog'isonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida uch nafar hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Ulardan birgina Kamola Umarova qozog'istonlik raqibasi Go'zal Aynitdinovaga imkoniyatni boy berdi. Arina Folc va Albina Xabibulina esa kuchli tennischilarni mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Folc ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi, avstriyalik Piya Konigdan 1:6, 7:5, 7:5 hisobida ustun keldi. Xabibulina esa turnirning beshinchi raqamli ishtirokchisi franciyalik Karolin Romeoni 4:6, 7:6(4), 7:5 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar