06 mar 13:04
Yangiliklar
Tennis

Albina Franciyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Franciyaning Amen shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu turnirda tajribali tennischimiz Albina Xabibulina ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Hamyurtimiz yakkalik bahslarining birinchi davrasida germaniyalik Katarina Xeringga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Albina raqibasini 6:4, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi. Endi u ikkinchi davrada turnirning uchinchi raketkasi italiyalik Anjelika Moratelliga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar