17 avg 09:10
Yangiliklar
Tennis

Albina Gollandiyadagi turnirda ikkinchi davraga chiqdi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Albina Xabibulina Gollandiyaning Oldenzaal shahrida o'tkazilayotgan turnirning ikkinchi davrasiga yo'llanma oldi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi RABOBANK Future Oldenzaal 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz ilk bosqichda italiyalik tennischiga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Xabibulina saralash bahslari orqali asosiy to'rga
etib kelgan Alise Moronini 2:6, 6:2, 7:5 hisobida mag'lub etdi. Endi Albina
chorak final chiptasi uchun germaniyalik Yana Mordergerga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar