13 iyu 10:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14241_220.jpg)
Albina Minskda o'zidan 187 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Albina Xabibulina ham ishtirok etyapti. Tajribali tennischimiz o'tgan hafta aynan Minskda o'tgan turnirda vice-chempionga aylangan edi.
Bu safar esa u ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. 25 yoshli Xabibulina uch set davom etgan uchrashuvda reytingda o'zidan 187 pog'ona pastda turgan moldovalik 18 yoshli Anastasiya Detyuchga 5:7, 6:1, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar