14 apr 13:30
Yangiliklar
Tennis

Albina o'zidan 500 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasida kurashni davom ettirayotgan yagona vakilamiz Albina Xabibulina bundan bir necha daqiqa avval chorak final uchrashuvida kortga chiqdi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz ukrainalik Katerina Slyusar bilan hisob-kitob qildi. Xabibulina 2 soatu 34 daqiqa davom etgan uchrashuvda 3:6, 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, bu yil noyabrda 20 yoshga to'ladigan Katerina dunyo reytingida 530-o'rinni egallab turibdi. Albina esa 1055-pog'onadan joy olgan. Uning yarim finaldagi raqibasi turnirning 2-raketkasi rossiyalik Anastasiya Gasanova bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar