15 apr 12:04
Yangiliklar

Albina turnirning 2-raketkasini mag'lub etib, finalga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasida kurashni davom ettirayotgan yagona vakilamiz Albina Xabibulina bugun yarim final uchrashuvida kortga chiqdi.
Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimizning raqibasi rossiyalik Anastasiya Gasanova bo'ldi. Ikki soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Albina 5:7, 6:2, 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, 18 may kuni 18 yoshga to'ladigan Gasanova dunyo reytingida 411-o'rinni egallab turibdi. Albina esa 1055-pog'onadan joy olgan.
Xabibulina bosh mukofot uchun uchrashuvda qozog'istonlik Kamila Kerimbaevaga qarshi kortga chiqadi. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan mezbon tennischi yarim finalda rossiyalik Darya Krujkovadan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi.
Fikrlar