26 jan 09:30
Yangiliklar

Albina va Arina Almatidagi ishtiroklarini yakunlashdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida uch nafar hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Ulardan Kamola Umarova ilk davradayoq qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovaga imkoniyatni boy bergandi. Arina Folc va Albina Xabibulina esa ikkinchi davrada o'z yurishlarini to'xtatishdi.
Folc ikkinchi bosqichda yaponiyalik Akari Inouega 4:6, 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi. U ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi, avstriyalik Piya Konigdan 1:6, 7:5, 7:5 hisobida ustun kelgan edi.
Xabibulina esa chorak final chiptasi uchun kechgan bahsda rossiyalik Ekaterina Kazionovaga 4:6, 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi. Albina birinchi davrada turnirning beshinchi raketkasi franciyalik Karolin Romeoni 4:6, 7:6(4), 7:5 hisobida taslim etgandi.
Fikrlar