04 okt 18:12
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Antaliyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Antaliya shahrida qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir boshlandi.
Musobaqaning beshinchi raqamli raketkasi sifatida saralangan tennischimiz ilk o'yinni italiyalik Francheska Sellaga qarshi o'tkazdi. 1 soat 18 daqiqa davom etgan o'yinda sportchimiz 6:4, 6:3 hisobida g'alaba qozondi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi u chorak finalga chiqish uchun xorvatiyalik Ana Biskichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar