05 dek 11:23
Yangiliklar

Albina Xabibulina Hindistonda ilk bosqichda mag'lub bo'ldi
Afsuski, WTA tasnifida 604-o'rinda borayotgan 25 yoshli sportchimiz yakkalikning ilk bosqichdayoq mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi. U raqibiga 5:7, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Turnirning uchinchi raqamli tennischisi (Bosniya va Gertsogoviniya) WTA reytingida 393 o'rinda borayotgan 21 yoshli Xerdzelas Deaga qarshi 1 soat 17 daqiqa davom etgan baxsda tennischimiz 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi va 7 bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. Raqibi esa 5 bor eys zarbasini amalga oshirib, 8 bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Xabibulina jami 12ta breyk-pointning 5tasidan unumli foydalandi, raqib 15 ta breykdan 7 tasini muvaffaqqiyatli amalga oshirdi. Umumiy yutib olingan ochkolar farqi 61/77 raqib foydasiga. Endi Albina bor etiborini juftlik baxslariga qaratadi.
Dea Xerdzelas esa ikkinchi davrada mezbonlar vakili Zeel Desaiga qarshi kortga chiqadi. Zeel Desai birinchi bosqichda boshqa bir mezbonlar vakili Snexadevi Sreddini mag'lub etdi.
Husniddin Mirzaliev
Fikrlar