28 noy 12:03
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Hindistondagi turnir yakkalik bahsini ham g'alaba bilan boshladi
Hindistonning Indaur shahrida qizlar o'rtasida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik tennischi Albina Xabibulina ham ishtirok etmoqda.
Tennischimiz ilk bosqichda mezbonlar vakilasi Nidhi CHilumulaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 21 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz 1:6, 6:2, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u chorak finalga chiqish uchun boshqa bir mezbon tennischi Buvana Kalvaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar