12 dek 17:14
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Hindistondagi turnirda 49 daqiqalik o'yin o'tkazdi
Tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Albina turnirning yakkalik bahslarida ishtirokini yakunlagan.
Bugun u juftlik bahslaridagi o'yinini o'tkazdi. Ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz ilk davrada Mane (Hindiston) / Vu (Gonkong) juftligiga qarshi kortga chiqdi.
49 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz va uning dugonasi 6:1, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar