08 dek 11:17
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Solapurdagi ishtirokini yakunladi
Hindistonning Solapur shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'rt bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda tajribali tennischimiz Albina Xabibulina ham ishtirok etdi. Hamyurtimiz yakkalik bahslaridagi mag'lubiyatdan so'ng bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratgandi.
Qozog'istonlik Aleksandra Grinchishina bilan uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Xabibulina final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Albina va Aleksandra 43 daqiqagina davom etgan yarim
final bahsida amerikalik Maya Yansen hamda Yangi Zelandiya vakilasi Erin Rutliffega
1:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar