05 okt 16:34
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Turkiyadagi turnirning ikkinchi davradasida to'xtadi
Turkiyada ayollar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Albina Xabibulina bugun ikkinchi davra o'yinini o'tkazdi. Bugungi bahsda vakilimiz xorvatiyalik Ana Biskichga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 4 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 6:1, 4:6, 3:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar