07 fev 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Gvozdik qaytmoqda. U 11 fevral kuni Xose Miranda bilan jang qiladi
Bu ukrainalikning 2019 yilda Beterbievdan uchralgan mag'lubiyatidan keyingi ilk jangi.
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq chempion Aleksandr Gvozdik shu hafta oxirida ringga qaytadi.
11 fevral kuni ukrainalik bokschi argentinalik Xose Miranda bilan jang o'tkazadi. Ularning jangi Pomonada (Kaliforniya, AQSH) TM Boxing va MarvNation Promotions promouterlik kompaniyalarining boks oqshomi doirasida bo'lib o'tadi.
Gvozdik so'nggi bor 2019 yil oktyabr oyida jang o'tkazgan, o'shanda u WBC va IBF chempionlik kamarlarini birlashtiruvchi jangida Artur Beterbievga yutqazgan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar