So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

28 mar 20:33
Yangiliklar

Boshqalar

Aleksandr Iosifovich Adismanni tabriklaymiz!

Bugun basketbol bo'yicha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Aleksandr Iosifovich Adisman tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Aleksandr Iosifovich nomi nafaqat O'zbekiston, balki ko'plab mamlakatlarda ham basketbol nomi bilan chambarchas bog'langan. U yurtimizda basketbolning rivojlanishi, iqtidorli sportchilarni tarbiyalash va turli musobaqalarda jamoalarimizga murabbiylik qilgani bilan barchaning etiborini qozongan. Murabbiylik faoliyatida turli xalqaro musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozongan. Mamlakatimizda basketbol sport turining rivojlanib borishida faol harakatlari bilan munosib o'rin tutgan.

Murabbiylik faoliyati davomida quyidagi yutuqlarga erishgan:

— 1967 yil, Dushanbe. Markaziy Osiyo respublikalarining 1-ayollar Spartakiadasida 1-o'rin;

— 1980 yil, CHelyabinsk. Oliy ligaga o'tish turnirida 1-o'rin;

— “Universitet” jamoasi ikki karra talabalar Spartakiadasi chempioni;

— 1983-1984 yilgi sobiq mamlakat chempionatida 5-o'rin;

— 1995 yilgi Osiyo o'yinlarida terma jamoa nimchorak finaligacha etib bordi;

U respublika terma jamoasiga murabbiylik qilgan yillar davomida Olimpiya, Jahon va Evropa chempionlari E.Kovalenko, R.Salimov, A.Jarmuxamedov, D.Suxarev, N.Buzlyakov, O.Levin kabi o'nlab sportchilar O'zbekiston sharafini munosib himoya qilganlar.

82 yoshni qarshi olgan Aleksandr Iosifovich Adismanni tabriklab, unga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing