17 dek 17:41
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov hamda Damir Temirov bilan shartnoma uzaytirildi
Mazkur futbolchilarning oldingi shartnoma muddati shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etayotgandi.
O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynagan Aleksandr Lobanov bu yil bekobodliklar safida 16 uchrashuvda maydonga tushdi va 1440 daqiqa mobaynida “Metallurg” darvozasini qo'riqladi. To'rtta o'yinda u darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 20 ta gol o'tkazib yubordi va 4 marta sariq kartochka bilan “siylandi”.
Damir Temirov esa 2021 yilgi mavsumda “Metallurg”ning barcha 26 uchrashuvida maydonga tushgan yagona o'yinchisi hisoblanadi. U 2138 daqiqa maydondagi faoliyati davomida raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritdi. 2 ta gollik uzatmani amalga oshirdi. 1 marta penaltidan unumli foydalandi. 5 marta sariq kartochka “loyiq ko'rildi”.
Fikrlar