30 dek 11:53
Yangiliklar

Aleksandr Ovechkin 18 yillik rekordni yangiladi
Rossiyalik xujumchi Milliy xokkey ligasining Muntazam chempionati doirasidagi "Detroyt Red Uingz" jamoasiga qarshi uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol qildi. 39 yashar Ovechkin bu yilgi mavsumning 20 ta uchrashuvida 17 ta shaybaga mualliflik qildi.
Bu bilan u 18 yil avval Brendan SHenaxan tomonidan o'rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo'ldi. SHenaxan 2006/2007 yilgi mavsumda 36 yoshdan katta xokkeychilar o'rtasida dastlabki 20 ta uchrashuvda 15 ta gol muallifiga aylangandi. O'shanda Brendan 37 yoshda edi.
Aleksandr Ovechkinning Milliy xokkey ligasidagi umumiy gollari soni 870 taga etdi. Assistlari soni 707 tani tashkil qiladi. U bu natijaga 1446 ta uchrashuvda erishgan. "Vashington" navbatdagi tur uchrashuvini ertaga "Boston Bryuinz"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar