So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

25 jan 17:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Aleksandr Povetkin doping sabab to'rt yilga diskvalifikaciya qilindi

Teglar :  Aleksandr Povetkin
Xalqaro doping test agentligi (ITA) rossiyalik bokschi, sobiq WBA yo'nalishi chempioni Aleksandr Povetkinni antidoping qoidalarini buzgani uchun to'rt yilga diskvalifikaciya qildi.

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

"Surishtiruv natijasida 2014 yilda Povetkin tomonidan topshirilgan namunada taqiqlangan ostarin moddasi aniqlandi. Ostarin – androgen receptorlarining selektiv modulyatori bo'lib, u mushak massasini oshirish va jismoniy imkoniyatlarni kuchaytirish uchun sportchilar tomonidan keng qo'llaniladi.

Sportchi bu holat haqida xabardor qilinganidan so'ng, shikoyat qilmaslikka qaror qildi. ITA 2024 yil 21 oktyabrdan 2028 yil 20 oktyabrgacha bo'lgan davrda Povetkinni to'rt yilga diskvalifikaciya qilish haqida qaror chiqardi", — deyiladi ITA bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Povetkin professional boksdagi faoliyatini yakunlagan. Uning so'nggi jangi 2021 yil mart oyida o'tkazilgan bo'lib, unda britanlik Dillian Uaytga texnik nokaut bilan yutqazgan. Umumiy hisobda Povetkin 36 ta g'alaba (23 ta nokaut), 3 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing