10 mar 11:16
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev: "Federer menga juda ko'p narsa o'rgatgan"
Germaniyalik Aleksandr Zverev shveycariyalik Rojer Federer bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Oxirgi paytlarda birga ko'p vaqt o'tkazmadik, u telefonda gaplashishni yoqtirmaydi. Yaxshi munosabatda bo'lish uchun esa jonli muloqot qilish kerak. Turga birinchi kelganimda, u menga o'rnak bo'lgan. Rojer yoshlar bilan muloqot qilishni, maslahat berishni yaxshi ko'radi.
Federer 18-20 yoshlarimda menga katta yordam bergan. U jurnalistlar va homiylar bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatdi, reytingning yuqorisida bo'lish qanday ekanligini aytdi. Biz juda ko'p gaplashganmiz va bu muloqotlar menga katta yordam bergan”, — deya Zverevning so'zlaridan iqtibos keltiradi Haute Living nashri.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar