So’nggi yangiliklar

10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0 20:01АПЛ. "Манчестер Сити" мавсумни иродали ғалаба билан бошлади, Ҳусанов тўлиқ ўйнади 0 19:18Сехудо Двалишвилидан устун келди. RAF 12 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 18:26Теофимо Лопес Роландо Ромерони мағлуб этиб, фаолиятидаги учинчи WBA чемпионлик унвонини қўлга киритди 0 17:33Ҳамза Абдулкарим "Барселона"дан яхшиланган шартнома олади 0

26 iyu 19:57
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov: "O'zbekistonda samboning rivojida OAV xodimlarining o'rni beqiyos"

Teglar :  SamboAlisher Alimov
27 iyun kuni mamlakatimizda Matbuot va OAV kuni sifatida nishonlanadi.

SHu munosabat bilan bugun O'zbekiston sambo associaciyasi yurtimizda ushbu sport turini faol tarzda yoritib kelayotgan bir guruh OAV xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdi. Tadbirda Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev va O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov ishtirok etdi. 

Associaciya rahbari Alisher Alimov jurnalistlarni kasb bayrami bilan qutlar ekan, ushbu sport turining rivojida OAVning o'rni katta ekanligi haqida gapirdi. 

"Barchangizni ushbu tadbirimizda ko'rib turganimizdan mamnunmiz. O'zbekistonda yaqin yillardan buyon samboni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda Sizlarning - Ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'rni beqiyosdir. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, OAV vakillari yurtimizda samboni ommalashtirish, uni yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shuvchi bo'g'inlardan biridir. Sizlarning mehnatingiz sabab amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlarimiz xalqimizga etib boradi. Fursatdan foydalanib, barchangizni, sizlar orqali esa yurtimizdagi boshqa OAV xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. 

Barchangizga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", - dedi Alisher Alimov.

Do'stona ruxda kechgan uchrashuvda OAV xodimlariga dasturxon yozildi va samimiy suhbat qurildi. 

Tadbir yakunida mehmonlar uchun esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

 

 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing