So’nggi yangiliklar

17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0

05 sen 11:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Aljamayn Sterling Nurmagomedovning mag'lubiyatida UFC`ni aybladi

UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Aljamayn Sterling o'tgan hafta Song Yadongga qaqshatqich nokaut bilan mag'lub bo'lgan Umar Nurmagomedovning muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasining fikricha, rossiyalik jangchining omadsiz chiqishida tashkilotning ham hissasi bor, chunki ular Umarni juda tezlikda, qisqa ogohlantirish bilan yuqori darajadagi raqiblarga qarshi qo'yishgan.

"Umar Mario Baptistaga qarshi juda raqobatbardosh jang o'tkazgandi, endi esa nima bo'lganini barchamiz ko'rib turibmiz. Men uning faoliyati boshida, UFC`ga endi kelgan paytidayoq aynan shu haqida gapirgan edim. Raqiblar darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kerak. SHoshilish yaramaydi. Menimcha, UFC uni juda tezlik bilan yuqori cho'qqiga olib chiqib, unga yaxshilik qilmagan, natijani esa hozir ko'rib turibmiz", – dedi Sterling o'zining YouTube kanalidagi navbatdagi videosida.

UFC`da oltita g'alabaga erishgan Umar Nurmagomedov o'tgan yilning yanvar oyida Merab Dvalishviliga qarshi chempionlik jangi uchun oktagonga ko'tarilgan va raqobatbardosh bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib, faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. SHundan so'ng rossiyalik jangchi Mario Batista va Deyveson Figeredo ustidan ketma-ket g'alaba qozondi. Biroq g'alabali seriyasini uchtaga etkazish va navbatdagi chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishga bo'lgan urinishi omadsiz yakunlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing