19 avg 17:10
Yangiliklar
Tennis
Alkaraz rekordlarni yangilashda davom etadi
19 yoshli Karlos Alkaraz Cincinnati shahrida bo'lib o'tayotgan "Masters"ning uchinchi davrasida Marin CHilichni musobaqadan chiqarib yubordi.
Ispaniyalik tennischi 2006 yildan beri ushbu turnirning eng yosh chorak finalchisiga aylandi. Undan oldin bu natijani Endi Marrey qayd etgan edi.
Umuman olganda, Alkaraz mavsum va faoliyatida to'rtinchi marta "Masters"ning chorak finaliga chiqdi. U bu bosqichda hech qachon yutqazmagan. Endi chorak finalda ispaniyalik tennischi Kameron Norriga qarshi bahs olib boradi.
CHilich ustidan qozonilgan g'alaba Alkarazning joriy mavsumdagi 44-g'alabasi bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Turda birinchi o'rinni Stefanos Cicipas bilan bo'lishib turibdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar