05 dek 07:25
Yangiliklar
Futbol

Allegri APLda ishlashni xohlamoqda
Italiyalik mutaxassis Angliyada ish boshlashi mumkin.
Massimiliano Allegri murabbiylik faoliyatini Angliyada davom ettirishga qarshi emas. Murabbiyga hozircha aniq bir taklif kelib tushmagan. Biroq avvalroq 53 yoshli mutaxassisning xizmatlariga “Arsenal”dan qiziqish borligi aytilgandi.
Allegri 2014-2019 yillarda “Yuventus”ni boshqargandi. U turinliklar bilan 5 marta Italiya chempionligini, 4 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar