30 may 17:59
Yangiliklar

Allegri "Milan"ga qaytdi
Mutaxassis murabbiylik vazifasida Serjiu Konseysauni o'rnini egalladi.
Oldinroq, italiyalikning klub bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallanganligi haqida xabarlar elon qilingan edi. Yillik maosh 5 million evro, bonus to'lovlari esa 2 million evroni tashkil etadi.
Allegri "Milan"ni 2010 yildan 2014 yilgacha boshqargan edi. Uning rahbarligida jamoa A Seriya chempioni bo'ldi va Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Massimilianoning so'nggi ish joyi "Yuventus" edi. U jamoani 2024 yilda tark etgan.
Mavsumni Paulu Fonseka bilan boshlagan "Milan" A Seriyada 8-o'rinni egalladi va evrouboklarga chiqa olmadi. 2024 yil 30 dekabrda jamoani qabul qilgan Konseysau Italiya Superkubogini yutib oldi, lekin Italiya Kubogi finalida "Bolonya"ga yutqazdi.
Fikrlar