02 iyu 20:18
Yangiliklar
Futbol

Allegri Ruganini "Yuventus"da saqlab qolmoqchi
"Yuventus" himoyachisi Daniele Ruganining agenti Davide Torkia mijozining Turin klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Yuventus" xohlagan payt uni sotishi mumkin. Ammo, ayni damda Allegri Ruganini jamoada saqlab qolmoqchi, klub Danieleni hurmat qiladi va sevadi", - deydi Torkia.
26 yoshli italiyalikning shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi 5 million evroga baholanmoqda.
Rugani o'tgan mavsumni "Renn" va "Kalyari"da ijarada o'tkazdi.
Havola :
Manba : Radio Sportiva
Fikrlar