10 iyu 16:38
Yangiliklar

Alonso Rodrigoning zaxirada qolib ketayotgani haqida: "Gap kelajak haqida emas, taktikada"
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso vinger Rodrigo Goes nima uchun Klublar o'rtasidagi JCH-2025da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganinin tushuntirdi.
"Men Rodrigoni taktik qaror tufayli maydonga tushirmadim. Boshqa o'yinchilar bilan g'alaba qozonish imkoniyatimiz yuqoriroq bo'ladi deb hisobladik. Bu uning kelajagi bilan bog'liq emas", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Braziliyalik futbolchi "Al Hilol"ga (1:1) qarshi guruh bosqichining birinchi o'yinida 88 daqiqa o'ynadi xolos. SHundan so'ng chorak finalda Dortmundning "Borussiya"siga (3:2) qarshi o'yinda maydonda atigi 4 daqiqaga paydo bo'ldi. U butun turnir davomida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq OAVda Rodrigoning ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga "Bavariya", "Arsenal", "Al Nassr" va PSJ klublari qiziqmoqda.
Havola :
Manba : x.com/FabrizioRomano
Fikrlar