02 iyu 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/221252_220.jpg)
Alvares - Bivol revansh jangining qachon o'tkazilishi malum
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares hamda Dmitriy Bivol o'rtasidagi revansh jangining qachon bo'lishi malum qilindi.
Bu haqda Saul Alvaresning menejeri Eddi Xirn xabar berdi.
"Revansh bo'lishi aniq. Biz Bivol va uning jamoasi bilan kelishib oldik. Revansh jangini Meksika milliy bayramiga moslab, kelasi yilning may oyida o'tkazmoqchimiz", - deya fikr bildirgan Xirn.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Dmitriy Bivol o'rtasidagi ilk jangda rossiyalik charm qo'lqop ustasi ochkolar hisobiga ko'ra nomdor raqibini mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar