14 sen 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares: "Golovkin bilan jangimiz tarixda eng zo'ri bo'lishi mumkin"
Meksikalik bokschi Saul Alvares Gennadiy Golovkinga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Golovkin va mening o'zgacha uslublarimiz sabab ushbu to'qnashuv tomoshabop bo'ladi. Gennadiy agressiv sportchi. U vaziyat topadi. Uning maqsadi raqibni nokaut qilish. Lekin, bilasiz men ham bo'sh kelmayman.
Men kontrpancherman va jang qilishni yaxshi ko'raman. Bu jangda barcha davrlarning eng zo'r to'qnashuvi bo'lishi uchun etarli barcha narsa bor.
Revansh bo'ladimi? Bu haqida faqat jangdan so'ng gaplasha olishimiz mumkin. Lekin, muxlislar yana shunday jang ko'rishni istasalar, bunga xech narsa halal bermaydi", - deydi Alvares.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar