04 iyu 10:31
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi chempion 104-raketkaga bitta geym berdi
Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 42 mln 661 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi. Amaldagi chempion Simona Xalep to'rtinchi davra uchrashuvida ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi.
Dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan ruminiyalik tennis malikasi musobaqa kashfiyotiga aylangan polshalik 18 yoshli Iga Svyontekni mag'lub etdi - 6:1, 6:0. Bahs 45 daqiqa davom etgan. Endi 27 yoshli Xalep yarim final chiptasi uchun amerikalik Amanda Anisimova hamda ispaniyalik Alyona Bolshova-Zadoynova bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar