So’nggi yangiliklar

15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0 14:09Шахматчиларимиз FIDE аёлар Жаҳон кубогидаги иштироклари муваффақиятли бошлашди 0 13:4818 ёшли Мирра Андреева фаолиятида ик бор Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 13:27Мусиала операция қилинди 0 13:06Янгиланган жаҳон рейтингида таэквондочиларимизнинг эгаллаб турган ўринлари қандай? 0 12:45Икрам Алискеров UFC 318 турнирида жанг қила олмайди 0 12:24Новак Жокович 16-маротаба Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 12:03Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда 0 11:42Riyadh Season ноябрь ойи учун йирик проф бокс оқшомини эълон қилди, кард маълум 0 11:21Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигининг навбатдаги кунида 9 та медалга эга чиқишди 0 11:00Баҳодир Жалолов Нью-Йоркдаги жангига машғулотларни давом эттиряпти (ВИДЕО) 0

02 avg 18:18
Yangiliklar

Velosport, Tokio-2020

Amaldorlarni tanqid qilgan engil atletikachi Evropadan boshpana so'radi. Uni Tokiodan Minskka majburan olib ketmoqchi bo'lishdi

Teglar :  Tokio-2020
Belaruslik 24 yoshli engil atletikachi Kristina Timanovskayani Tokiodan majburan olib ketmoqchi bo'lishdi.

U bu erga Olimpiadada ishtirok etish uchun kelgandi. Ammo uni Belarus yo'nalishida Istanbulga olib ketishi kerak bo'lgan samolyot Yaponiyadan usiz uchib ketgan. 

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi dushanba kuni ushbu sportchi Tokioda xavfsizlikda ekanini malum qildi. XOQ matbuot kotibi  Mark Adams maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida malum qilishicha, Timanovskaya tunni Tokio aeroportidagi mehmonxonada o'tkazgan, u shu erda yordam so'rab policiyachilarga murojaat qilgandi.

XOQ vakili BMTning qochqinlar ishi bo'yicha oliy komissari sportchi bilan bog'langanini qo'shimcha qildi. «U xavfsizlikda ekaniga amin. Biz u bilan keyingi qadamlar qanday bo'lishini bilib olish uchun bugun tongda ham gaplashdik. Biz uni eshitishimiz, u nima istayotganini tushunishimiz va uning qarorini qo'llab-quvvatlashimiz kerak», degan Adams.

Avvalroq Reuters agentligi muxolifatdagi Belarus sport birdamligi fondidagi manbasiga asoslangan holda Timanovskaya Avstriya yoki Germaniyadan siyosiy boshpana so'ramoqchi ekani haqida xabar tarqatgandi.

Bundan tashqari, Timanovskayaga CHexiya tomonidan viza taklif etilgan. CHexiya ichki ishlar vaziri Yakub Kulganek tvitterdagi sahifasida u, bosh vazir Andrey Babish va CHexiya TIV rahbari Yan Gamachek sportchiga viza taklif etishi, u mamlakatga kelishi va siyosiy boshpana so'rashi mumkin bo'lishi, buning uchun CHexiyaning Tokiodagi elchixonasi yordam ko'rsatishga tayyorligi haqida yozgandi.

Belarus sport birdamligi fondi direktori Aleksandr Opeykinning malumot berishicha, Polsha TIV rahbari o'rinbosari Pavel Yablonskiy Polsha ushbu sportchiga yordam berish va uni qabul qilishga tayyorligini malum qilgan.

Belarus milliy olimpiya qo'mitasi yakshanba kuni Timanovskaya «ruhiy holati» tufayli Olimpiadadagi ishtirokini to'xtatishini malum qilgandi.

«SHifokorlar xulosasiga ko'ra, belaruslik engil atletikachi Kristina Timanovskayaning ruhiy-psixologik holatidan kelib chiqib, jamoa murabbiylar shtabi tomonidan sportchining XXXII Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini yakunlash haqida qaror qabul qilindi. O'z navbatida uning 200 metrga yugurish va 4x400 metr estafetadagi ishtiroki bekor qilindi», deyilgan Belarus MOQ rasmiy bayonotida.

Timanovskayaning o'zi shifokorlar ko'rigida bo'lmaganini aytgan. «Bu to'g'ri emas, meni shifokor ko'rgani yo'q», deya uning so'zlarini keltirgan Belarusdagi sport nashri Tribuna.com.

Timanovskaya majburan Tokiodan olib ketilayotgani haqida yakshanba tongida Belarus sport birdamligi fondi xabar bergandi. «Belarus milliy jamoasi vakillari engil atletikachini deport qilishmoqda, unga zudlik bilan samolyotga chipta olishgan, endi buyumlari bilan birga aeroportga olib kelishgan», deyilgan xabarda.



Keyinroq sportchi chindan ham Tokio aeroportiga olib borilgani malum bo'ldi. TASS aeroport vakili va «Turk avialiniyalari» aviakompaniyasidagi manbalariga asoslangan holda Timanovskayani olib qaytishi kerak bo'lgan samolyot Tokiodan Istanbulga usiz uchib ketganini malum qildi.


Reuters agentligiga intervyu bergan Timanovskaya Belarusga qaytmoqchi emasligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, u aeroportga olib kelingach shu erda yapon policiyasiga murojaat qilgan va uni Minsk tomon olib boruvchi reysga majburan chiqarishlarining oldi olingan. «Men Belarusga qaytmayman», deya takidlagan u. Sportchining so'zlariga ko'ra, yakshanba tongida murabbiylar shtabi vakillari uning xonasiga kelib, narsalarini yig'ishtirishi kerakligini aytishgan. SHundan keyin uni aeroportga olib borishgan.

Timanovskaya videomurojaat bilan ham chiqish qilib, unda Xalqaro olimpiya qo'mitasidan vaziyatga aralashishni so'radi. «Men Xalqaro olimpiya qo'mitasidan yordam so'rayman. Menga bosim o'tkazildi. Meni ixtiyorimga qarshi ravishda mamlakatdan olib ketmoqchi bo'lishdi. SHu tufayli men Xalqaro olimpiya qo'mitasidan bu ishga aralashishni so'rayman», degan u.

Timanovskaya unga Olimpiadani nima uchun tark etishi kerakligi tushuntirilmaganini aytgan. Sportchining takidlashicha, uni qolgan belaruslik sportchilarga salbiy tasir ko'rsatmaslik uchun ortga qaytarishga qaror qilingan.

Ko'p o'tmay XOQ va Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi matbuotga Timanovskaya bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa o'rnatilgani haqida malum qildi. «U Haneda aeroportidagi rasmiy muassasada va hozirda Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi vakillari uning yonida bo'lib turibdi. U bizga o'zini xavfsizlikda his qilayotganini bildirgan», deya sport amaldorlarining so'zlarini keltirgan «Frans Press» agentligi.


O'zi nima bo'lgandi?


Kristina Timanovskaya - belaruslik 24 yoshli engil atletikachi, u qisqa masofalarga yugurish (100 va 200 metr) bo'yicha musobaqalarda ishtirok etib keladi. Tokio Olimpiadasi - uning ilk Olimpiya o'yinlari.

30 iyul kuni u Instagramdagi sahifasida belaruslik sport amaldorlarini tanqid qilgandi, malum bo'lishicha, ular Timanovskayani xabardor qilmasdan uni 4x400 metr estafeta bahslarida ishtirok etuvchilar ro'yxatiga kiritib qo'yishgan.

«Malum bo'lishicha, bizning «juda zo'r rahbariyatimiz» odatdagidek biz uchun qaror qabul qilibdi. Testlari etarli bo'lmagach, ular hayotidagi birinchi Olimpiadaga kelgan qizchani qurbon qilishgan va meni estafetaga qo'yishgan. Klass, bolalar! Barakalla!» deyilgandi postda, ayni vaqtda bu post o'chirilgan.

Bungacha 4x400 metrga estafetada yugurishi kerak bo'lgan uch nafar belaruslik engil atletikachi etarlicha doping-test topshirmagani sababli Olimpiadaga qo'yilmagandi va rahbariyat Timanovskayani estafetada ishtirok etuvchi jamoaga kiritishga qaror qilgan. 

«Agar ular oldinroq oldimga kelib, vaziyatni tushuntirishganida va mendan bu estafetada ishtirok etishga qanchalik tayyor ekanimni so'rashganida, men hech qachon bunday reakciya bildirmagan bo'lardim. Ammo ular menga aytmasdan barchasini hal qilishdi, men bu malumotga aniqlik kiritmoqchi bo'lganimda esa so'rovimni etiborsiz qoldirishdi», deya yozdi keyinroq Timanovskaya instagramida.

«Ishoning, men avval hech qachon 400 m masofaga yugurmagan bo'lsam-da, men jamoani va qizlarni qo'llab-quvvatlab, ular bilan birga yo'lakka chiqqan bo'lardim. Ammo men yuqoridagilar bizni sportchi sifatida hurmat qilishi va bazida bizning fikr bilan ham hisoblashishi kerak deb hisoblayman», degan u.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing