06 dek 09:52
Yangiliklar
Dzyudo
Muzaffarbek To'raboev 2024 yilgi so'nggi IJF musobaqasiga jo'nab ketdi
7-8 dekabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.
Yilning so'nggi IJF musobaqasida qatnashish istagini sayyoramizning 5 qitasi 46 davlatidan jami 283 (156 erkak, 127 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Eng katta tarkib shubhasiz mezbonlarda. Yaponiya terma jamoasi sharafini 56 nafar (har bir vaznda 4 nafardan) dzyudochi himoya qiladi.
Ushbu musobaqada Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To'raboev ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz o'zi uchun yangi +100 kg vazn toifasida imkoniyatini sinab ko'radi. To'raboev murabbiyi Ulug'bek Azizov hamrohligida Kunchiqar mamlakatga jo'nab ketdi. Muzaffarbek musobaqadan keyin tashkil etiladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ham qatnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar