08 fev 20:00
Yangiliklar
Tennis
Amanmuradova Xua Xindagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Tailandning Xua Xin shahrida tennis bo'yicha WTA turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 251 750 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada tajribali tennischimiz Akgul Amanmuradova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi va reytingda o'zidan 115 pog'ona yuqorida turgan raqibini mag'lub etdi.
WTA reytingida 456-pog'onadan joy olgan Amanmurodova yaponiyalik Dzyunri Namigata 1:6, 6:3, 6:2 hisobida taslim eta oldi. Akgulning saralash final bosqichidagi raqibi, Xitoy Taypeyi vakilasi En-SHuo Lyan bo'ladi. Bu tennischi reytingda 238-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar