14 iyu 11:03
Yangiliklar
Tennis

Amerikalik 37 yoshli Uilyams to'qqizinchi bor Uimbldon finalida o'ynaydi
Londonda yakuniga etib borayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining xotin-tennischilar o'rtasidagi yakkalik musobaqasida final ishtirokchilari malum bo'ldi.
O'tkazilgan yarim final uchrashuvlarida so'ng amerikalik Vinus Uilyams hamda ispaniyalik Garbine Mugurusa bosh mukofot uchun kechadigan final bahsida kortga chiqishi malum bo'ldi.
37 yoshli Uilyams yarim finalda turnirning oltinchi raketkasi britaniyalik Yoxanna Kontani 6:4, 6:2 hisobida engdi. Garbine Mugurusa esa slovakiyalik Magdalena Ribarikovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 6:1, 6:1.
Etiborlisi, bu yilgi final Vinus uchun Uimbldon turniri tarixidagi to'qqizinchi final bo'ladi. Uilyamslarning to'ng'ichi 16 marotaba “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlarning finalida o'ynagan.
Havola :
Fikrlar