So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

06 noy 14:51
Yangiliklar

Tennis

Ana Ivanovich 30 yoshda + FOTO

Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Ana Ivanovich bugun 30 yoshga to'ldi.

Ana 1987 yilda Miroslav va Dragana Ivanovichlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi yurist, otasi esa biznesmen. SHuningdek, uning ukasi Milosh ham bor.

Ivanovich 5 yoshidan boshlab tennis bilan shug'ullana boshlagan. Uning kumiri vatandoshi Monika Selesh hisoblangan.

Sportchilik faoliyatini 2003 yilda boshlagan. 2004 yilda ITF turniridagi ilk turnirida g'alaba qozongan. Oradan biroz o'tib esa WTA tur doirasidagi turnirlarda ishtirok eta boshlagan. Ilk WTA turniri g'olibligiga esa 2005 yilda Kanberrada erishgan. Faoliyati davomida 15ta turnirda g'alaba qozongan.


2008 yilda "Rolan Garros" g'olibi bo'lganidan so'ng dunyo reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan.

Faoliyatidagi so'nggi turnirni u "US OPEN-2016"da o'tkazdi. O'sha turnirda u birinchi bosqichdayoq imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Dekabr oyida esa sportchilik faoliyatini yakunlashi haqida malum qildi.




So'nggi yillarda uning hayotida ko'plab esda qolarli voqeliklar sodir bo'ldi. 2016 yilning 12 iyulida Ana futbolchi Bastian SHvaynshtaygerga turmushga chiqdi. Ayni paytda "yosh oila" CHikagoda istiqomat qiladi. Bir necha oy oldin u farzand kutayotgani malum bo'lgandi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing