27 iyu 09:10
Yangiliklar
Tennis

Ana xolos, Federer Olimpiadada ishtirok etmaydi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer Rio Olimpiadasida ishtirok etmasligini malum qildi.
Tennischi bu qarorini sog'lig'idagi muammolar bilan izohladi. Uning aytishicha, joriy tennis mavsumi Rojer uchun yakunlangan. 34 yoshli Federer yaqinda Uimbldon turnirining yarim finaliga qadar etib borib, final ostonasida kanadalik Milosh Raonichga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 17 karra g'olibi shu yilning fevral oyida tizzasini operaciya qildirgandi. O'sha jarohat tennischini yana bezovta qila boshlagan.
Havola :
Fikrlar