01 noy 07:24
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti 4 o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bosh hakamni tanqid qilgani uchun jazolanishi mumkin.
Ispaniya futbol federaciyasi Karlo Anchelottining LaLiga doirasida "Jirona"ga qarshi o'yindan keyin arbitr Mario Melero Lopes haqida bildirgan fikri uchun ish ochdi. Italiyalik mutaxassis 4 uchrashuvga chetlatilishi mumkin.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Real" ustozi "Jirona" tepishi kerak bo'lgan penalti hakam tomonidan o'ylab topilgan deb aytgandi. O'z navbatida "Real" klubidagilar bu borada bahslashishga tayyor.
Yakuniy qaror Qatarda bo'ladigan JCHga qadar aniqlashtiriladi.
Havola :
Fikrlar