31 may 08:47
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Abduraimova “etib keldi”
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz Nigina Abduraimova ikkinchi davra uchrashuvida belaruslik Irina SHimanovichga qarshi kortga chiqdi.
Turnirning to'rtinchi raketkasi bo'lgan Abduraimova uchrashuvda raqibasiga biroz kutilmaganda 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi hamyurtlarimizdan birgina Sabina SHaripova bosh mukofot uchun kurashni davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar