30 may 12:18
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Abduraimova g'alaba bilan boshladi
Xabar berganimizdek, Andijon shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnirda ikkinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ilk bosqichda belaruslik Ilona Kremenni 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Nigina turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilyapti va endi ikkinchi bosqichda yana bir Belarus tennisi vakilasi Irina SHimanovichga qarshi kortga chiqadi. Abduraimovadan tashqari ikkinchi bosqichga Sabina SHaripova va Laylo Bahodirova ham yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar